Yettita holat Espirito-Santo shtatida, yana bittasi Rio-de-Janeyro shtatida aniqlangan.
Favqulodda holatning eʼlon qilinishi oʻta yuqumli H5N1 virusi tarqalishining oldini olishni osonlashtiradi.
Braziliya dunyodagi eng yirik tovuq goʻshti eksportchisi boʻlib, yillik savdosi qariyb 10 milliard dollar (8 milliard funt sterling)ni tashkil etadi.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, holatlar Braziliyaning janubidagi asosiy ishlab chiqarish joylaridan uzoqda topilgan.
Biroq, baʼzida yovvoyi qushlarda parranda grippi holatlari aniqlangandan keyin boshqa joylarda parranda grippining tarqalishi kuzatilgan.
Bunday fojiali holatning fermada aniqlanishi koʻpincha koʻplab qushlarning yoʻq qilinishiga olib keladi va bunday holatda boshqa mamlakatlar savdo cheklovlari eʼlon qilishi mumkin.
Ehtiyot chorasi sifatida keyingi 180 kun davomida butun mamlakat boʻylab favqulodda holat eʼlon qilindi, deb xabar beradi BBC News.
.