Koʻchalar oʻrnida daryolar yuzaga keldi. Braziliya shimoli-sharqidagi Maranyan shtatida suv toʻplandi. Shaharlar suv ostida qoldi.

Qishloqlarda yoʻllar yuvilib ketdi. Aholi punktlari bir-biridan uzilgan.

Braziliyada suv toshqini kuchli yomgʻir yogʻishi tufayli yuzaga keldi. Yogʻingarchilik mart oyining oxiridan beri toʻxtamadi. Toʻqqizta daryo oʻz qirgʻoqlaridan toshib chiqdi.

Rasmiylar 64 ta hududda favqulodda holat eʼlon qildi. Olti kishi halok boʻldi, sakkiz mingga yaqin kishi boshpanasiz qoldi. Umuman olganda, 36 mingga yaqin oila toshqindan jabr koʻrdi.

Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva federal hukumatdan yordam vaʼda qildi. Jabrlangan hududlarga oziq-ovqat, suv va favqulodda yordam vositalari yuborilgan.

Kuchli yogʻingarchilik tufayli koʻchkilar yuz berishi mumkin. Baʼzi hududlarda uzunligi olti yuz metr va chuqurligi 70 metrgacha boʻlgan ulkan yoriqlar paydo boʻldi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda Maranyanda yomgʻir toʻxtamaydi. Sinoptiklar 100 mmgacha yogʻingarchilik yuzaga kelishini maʼlum qildi, deb xabar beradi mir24.tv saytida.