Eng ko'p jabr ko'rgan beshta munitsipalitet favqulodda holat e'lon qildi. O'nlab uylar vayron bo'ldi, yuzlab aholi vakillarini xavfsiz joyga ko'chirishga to'g'ri keldi. Suv, elektr ta'minoti va uyali aloqa xizmati ishdan chiqdi. Sohilbo'yi aholi punktlari bilan transport aloqalari uzildi. Qutqaruvchilarga armiya aviatsiyasi yordam bermoqda. O'nlab odamlar hamon vayronalar ostida qolmoqda.

Mashhur karnaval hozirda butun Braziliya bo'ylab o'tkazilmoqda, ammo rasmiylar zarar ko'rgan hududlarda barcha ko'ngilochar tadbirlarni bekor qildi, deb xabar beradi mir24.tv.