Braziliyaga qahraton sovuq xavf solmoqda

    Yaqin kunlarda mamlakat o'z tarixidagi eng qattiq sovuqni qarshi oladi.

    MetSul meteorologiya xizmatining maʼlum qilishicha, mamlakatda bu qadar past harorat shu paytga qadar kuzatilmagan va harorat minus 25 darajagacha tushib, kuchli qor yogʻishi ehtimoli mavjud.

    Braziliyaning janubiy hududlarida kuzatiladigan sovuq havo 26-iyuldan boshlanishi va hafta oxiriga qadar saqlanib qolishi aytilmoqda.

    Meteorologlar bu kabi sovuq kunlar 2000 va 2007-yillarda dengiz stahidan 1800 metr balandlikda joylashgan hududlarda kuzatilgani, biroq oʻshanda harorat minus 20-25 darajani tashkil etganini maʼlum qilishgan.

    Agar meteorologlarning bashorati tasdiqlansa, San-Paulu va Riu-Grandi-du-Sul kabi shtatlar qattiq sovuq oqimida qoladi.

    Sovuq havo oqimi shuningdek, Argentina, Urugvay, Paragvay, Boliviya va Chili davlatlarida kuzatilishi ham maʼlum qilindi.