U Braziliyaning amaldagi yetakchisi Luis Inasiu Lula da Silvaning 2023-yil yanvarida hokimiyat tepasiga kelishiga to'sqinlik qilishga uringanlikda ayblangan edi. To'rt nafar sudya hukmni qo'llab-quvvatladi, bir nafari esa unga qarshi ovoz berdi.
Shu bilan birga, sud ish bo'yicha yana bir qancha ayblanuvchilarga hukm chiqardi, Bolsonaruning sheriklari 26 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sobiq prezidentning advokatlari hukm ustidan, jumladan, xalqaro sudlarga shikoyat qilishlarini ma'lum qildi.
Braziliya poytaxtidagi tartibsizliklar 2023-yilning yanvar oyida Luiz Inasiu Lula da Silva hokimiyat tepasiga kelganidan keyin sodir bo'lgan. Bolsonaru tarafdorlari hukumat binolarini egallab olishga harakat qilishdi va tartibsizliklar boshlandi. Ularda 5 mingga yaqin kishi qatnashdi, 1,4 mingdan ortiq kishi hibsga olindi, deb xabar berdi bfm.ru.








