“Bloomberg” nashrida keltirilishicha, Germaniyaning “Daimler” kompaniyasi prezidenti Ol Kallenius joriy yil oxiriga borib kompaniyaning yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi boʻlimi konsern tarkibidan ajralib chiqanidan soʻng, “Mersedes” brendi va tovar belgisidan kim foydalanishi mumkinligi ustida ish olib borilmoqda.
Kalleniusning aytishicha, avtoishlab chiqaruvchi konsern nomini hozirgi “Daimler”dan “Mercedes-Benz”ga oʻzgartirishga qaror qilgan. U ushbu masala nihoyatda muhim ekanini, “Mercedes” dunyodagi eng nufuzli sakkizta brendlardan biri hisoblanishini, oʻz sohasida u faqatgina “Toyota”dan ortda qolayotganini taʼkidlagan.
Qayd etish kerak, “Daimler” brendi ilk marta 1902-yilda 35 ot kuchiga ega boʻlgan “Mercedes” avtomobili Nissadagi poygada gʻalaba qozonganidan soʻng patentlangan edi. Avtomobil tadbirkor Emil Yellinek tomonidan buyurtma qilinib, uning qizi sharafiga Mersedes deb nomlangan. 1910-yildan boshlab esa uch qirrali yulduz “Mercedes” mashinalarining ajralmas qismiga aylangan. Uni Gottlib Daymler oʻylab topgan.