Brent markali neftning dekabr fyucherslari narxi 1,43 foizga pasayib, bir barrel uchun 83,81 dollarni tashkil qildi, deb xabar beradi “Kommersantʼ”.

Brent markali neft narxi 14-yanvardan buyon birinchi marotaba 84 dollardan arzonlashgan. WTI markali neftning noyabr fyucherslari esa 1,36 dollarga pasayib, bir barreli uchun 77,67 dollarni tashkil etmoqda.

Oʻtgan haftada Brent kotirovkalari barreli uchun 85 dollarga tushib ketib, yil boshidan buyon minimumga aylangandi. Neft narxi Gʻarbda retsessiya xavfi kuchayishi va dollar indeksining oʻsishi fonida pasayishni boshlagan. Pasayish, shuningdek, Rossiya va Gʻarb fond bozorlariga taʼsir koʻrsatgan.

Avvalroq Qozogʻiston energetika vaziri Bolat Akchulakov mamlakat Rossiyani chetlab oʻtib, Boku—Tbilisi—Jayhun quvuri orqali neft eksport qilishni rejalashtirmaganini maʼlum qilgandi.