Brent neftining narxi bir barrel uchun 73 dollargacha tushib ketdi

    Seshanba oqshomida jahon bozorida neft narxi o'rtacha 4 foizga pasaydi.

    Savdo ma'lumotlariga ko'ra, Brent markali neft narxi 28-iyundan buyon birinchi marta barreliga 73 dollardan pastga tushdi.

    Moskva vaqti bilan 20.55 holatiga ko'ra, Brent neftining fevral fyucherslari narxi 4,02 foizga pasayib, bir barrel uchun 72,96 dollarni, WTI uchun yanvar fyucherslari esa 4,25 foizga pasayib, 68,28 dollarni tashkil qilgan, deb xabar beradi ria.ru.