BRIKS: yana besh davlat blokka qo'shildi

    Saudiya Arabistoni, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Efiopiya va Misr rasman BRIKSning yangi a'zolari bo'ldi.

    Guruh hozirda o'nta davlatdan iborat. Dastlab BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikadan iborat edi. Ular yana oltita davlatni taklif qilishdi, ammo ulardan biri – Argentina bu taklifni rad etdi.

    Ayrim ekspertlarning fikricha, guruh ichidagi bo'linishlar qaror qabul qilish jarayoni va umuman BRIKS kuchini zaiflashtirishi mumkin. Biroq, BRIKS a'zolari kengayish “rivojlanayotgan iqtisodlarning ko'proq vakillik qilish va AQSh dollariga bo'lgan qaramlikdan chiqish imkoniyatini” taqdim etishi mumkin.

    BRIKS hududi va aholisi bo'yicha eng yirik rivojlanayotgan mamlakatlar ittifoqidir. Kengaytirilgan BRIKSning umumiy aholisi taxminan 3,5 milliardni tashkil etadi va umumiy iqtisodiyoti 28,5 trillion dollardan ortiq yoki jahon iqtisodiyotining taxminan 28 foiziga teng.

    Tashkilot (davlatlar hamdo'stligi) 2006-yil iyun oyida (BRIK sifatida) Sankt-Peterburg iqtisodiy forumi doirasida Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy iqtisodiyot vazirlari ishtirokida tashkil etilgan. Janubiy Afrika 2011-yilda BRIKSga qo'shilgan.

    2023-yil avgust oyida 40 dan ortiq davlat BRIKSga qo'shilish istagini bildirdi va 22 davlat ularga qo'shilishni rasman so'radi, deb xabar beradi korrespondent.net.