Britaniya hukumati aholini ortiqcha vazndan qutqarmoqchi

    Dolzarb 29 Dekabr 2020 4861

    Buyuk Britaniya supermarketlarining chiqish joylaridagi rastalardan shokoladlar, konfetlar, chipslar, gazlangan ichimliklar va boshqa zararli, lekin yoqimli yeguliklar olib tashlanadi. Mamlakatda ortiqcha vaznga qarshi kurashmoqchi. Doʻkon kassalari yonida shirinliklar savdosi, yuqori kaloriyali oziq-ovqatlar reklamasini taqiqlovchi hukumat rejasi 2022-yilda kuchga kirishi kerak.

    The Guardiyan axborot manbasining xabariga koʻra, Buyuk Britaniya katta yoshdagi aholisining 63 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekar ekan. Mamlakat supermarketlarida xaridorlarni har xil yoʻllar bilan gazlangan ichimlik va shirinliklarga qiziqtirishni taqiqlamoqchi.

    Yuqorida nomi keltirilgan nashrning xabar berishicha, hukumat rejasi boʻyicha gazlangan ichimliklar, shokoladlar va boshqa shirinliklarni kassalar yonida xaridorlar soʻngi xaridlarini amalga oshirayotgan paytida ularga sotish, shuningdek, “Birini sotib ol — ikkinchisini sovgʻaga ol” aksiya doirasida sogʻliq uchun zararli yeguliklarni taklif etish taʼqiqlanadi.

    Yangi qoidalar 2022-yilgacha joriy etilmaydi. Hukumatda bu borada maslahat oʻtkazilishi kerak ekan. Britaniya ommaviy axborot vositalarining taxminiga koʻra, bunday aksiyalar faqatgina yirik doʻkonlarda taʼqiqlanishi mumkin ekan.

    Britaniyaliklarni ozishga bahorda koronavirusning ogʻir shaklini boshidan oʻtkazgan Bosh vazir Boris Djonsonning oʻzi chaqirgan ekan. Ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan Bosh vazir ortiqcha vazn kasallikning kechishini murakkablashtiradi degan xulosaga kelgan. U sogʻayib chiqqanidan keyin britaniyaliklarga oʻrnak koʻrsatib oriqcha vazndan xalos boʻla boshlagan.

    Boris Djonson tashabbusi bilan mamlakatda “Sogʻliqni yaxshilash” (“Better Health”) kampaniyasi yoʻlga qoʻyilgan.

    “Sogʻliqni yaxshilash” kampaniyasi doirasida Buyuk Britaniya aholisiga mashina yoki jamoat transportidan foydalanishga qaraganda koʻproq velosipedda yurish tavsiya etiladi, deb xabar beradi Gazeta.ru