«Intertek Group plc» 1885-yilda London shahrida tashkil etilgan. Kompaniya o‘tgan davr mobaynida neft va gaz, energetika, avtomobil sanoati, qurilish, elektronika, oziq-ovqat sanoati, tibbiyot va boshqa sohalarda mahsulot va xizmatlar sifatini nazorat qilish, xavfsizligini ta'minlash va standartlashtirish sohasida jahondagi yetakchilardan biri sifatida nom qozondi. Uning 100 dan ortiq mamlakatlarda mingdan ortiq ofislari, laboratoriyalari va sertifikatsiya markazlari mavjud.
Muloqot chog‘ida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport hajmini oshirish maqsadida «Intertek» kompaniyasi bilan hamkorlikda xalqaro standartlar asosida sertifikatlash, yorliqlash va o‘rash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Irina Berenvald 2024-yilda Toshkentga qilgan amaliy safari yakunlarini yuqori baholadi. U, shuningdek, «Intertek» kompaniyasi va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi texnik jihatdan tartibga solish agentligi o‘rtasida imzolangan Hamkorlik memorandumini amalga tadbiq etish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va «Intertek» kompaniyasi o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.