Muloqot davomida “AKS Services Group” kompaniyasining Oʻzbekistonda faoliyat yoʻnalishlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida xorijiy tomon bilan turar-joy majmualarini barpo etish, shaharsozlik sohalarida tajriba almashish va hamkorlik qilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Britaniyaga eksport qilish, togʻ-kon sanoati, taʼlim hamda mavsumiy mehnat migratsiyaga yoʻnalishlarda aloqalarni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
“AKS Services Group” kompaniyasi 2009-yilda Britaniyada taʼsis etilgan. U iqtisodiy tahlil, moliyaviy boshqaruv, mahsulotlar eksporti va logistika xizmatlari, jumladan xalqaro savdoni ragʻbatlantirish kabi sohalarda faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, xalqaro savdoni rivojlantirishga doir seminar va treninglar ham tashkil etiladi.
Kompaniya Oʻzbekistondan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Britaniyaga eksporti bilan shugʻullanadi. Uning Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida mintaqaviy ofisi faoliyat yuritadi.