Bryansk viloyatida ko'prikning qulab tushishi oqibatida 7 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Bryansk viloyatida (Rossiya Federatsiyasi) ko'prik qulaganidan keyin 2, 3 va 4-iyun – motam kunlari deb e'lon qilindi.

    Bryansk viloyatida Vigonichskiy tumanidagi poyezd fojiasi munosabati bilan 2, 3 va 4-iyun – motam kunlari deb e'lon qilindi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz o'zining Telegram-kanalida.

    Bogomazning qo'shimcha qilishicha, Bryansk viloyati hukumati Bryansk ijroiya hokimiyati bilan birgalikda halok bo'lganlarning oilalari va jarohatlanganlarga barcha zarur yordamni ko'rsatadi. Viloyat gubernatori halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tezroq sog'ayib ketishini tiladi.

    1-iyunga o'tar kechasi Bryansk viloyatining Vigonichskiy tumanida avtomobil ko'prigi qulab tushdi. Ko'prikning qismlari uning ostidan Klimov-Moskva yo'nalishida harakatlangan 86-sonli yo'lovchi poyezdiga qulab tushgan, lokomotiv va vagonlar rel`sdan chiqib ketgan. 7 kishi halok bo'ldi, 70 dan ortiq kishi jarohat oldi, deb xabar beradi ria.ru.

    Viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz poyezd harakatlanayotganda ko'prik portlatib yuborilganini ma'lum qildi. Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi vakili Svetlana Petrenkoning “RIA Novosti”ga ma'lum qilishicha, Kursk viloyatida portlatilgan ko'prik ishi kabi, bu ish ham bo'lim boshlig'i Aleksandr Bastrikinning ko'rsatmasi bilan Bosh tergov boshqarmasiga o'tkaziladi.