Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlandi.
Tanlov mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasi, Bryussel Press-klubi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.
Mazkur tanlov shartlarini ishlab chiqish va rasmiy e’lon berishdan avval tashkilotchilar tomonidan ushbu loyihani amalga oshirish uchun "yo‘l xaritasi" ni ishlab chiqildi.
Press-klub veb-saytida tanlovda qatnashish shartlari va qoidalari, g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan alohida sahifa ochildi.
Ushbu sahifada, shuningdek, potensial ishtirokchilarga jurnalistika nuqtai nazaridan O‘zbekiston tarixi, geografiyasi, iqtisodiyoti, madaniyati va mamlakatning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladigan titirlar joylashtirilgan.
Tanlovga joriy yilning 1-avgustidan 15-oktabrigacha bo‘lgan davrda Yevropaning bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar bilan ishtirok etish mumkin.
Tanlov g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi shu yil noyabr oyida o‘tkaziladi.
Materiallar Xalqaro press-klublar assotsiatsiyasi va Yevropaning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillaridan tashkil topgan nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
Press-klub rahbariyati tanlovga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida unga oid e’lonlarni butun Yevropa bo‘ylab keng targ‘ib qilishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Bryussel Press-klubiga Yevropaning barcha mamlakatlaridan 2000 ga yaqin jurnalist a’zo.