—Soʻnggi yillarda Turkiy davlatlar tashkiloti toʻlaqonli xalqaro tuzilma sifatida shakllandi. U mintaqalararo va global ahamiyatga ega tinchlik hamda hamkorlik minbari boʻlib qolmay, balki jahon iqtisodiy oʻsish markazlaridan biriga aylandi. Bu oʻzgarishlar, jumladan, Oʻzbekistonning ushbu tuzilmadagi siyosiy va iqtisodiy oʻrni tufayli amalga oshmoqda.
TDT hozirda ijro etuvchi organlarni va oʻzaro hamkorlikning turli sohalarini shakllantirmoqda. Bu jarayonning kuchayishi va tezlashishini kuzatyapmiz.
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning tovar ayirboshlash hajmi 30 milliard dollarga yaqinlashayotgani quvonarlidir. Shu bilan birga, tomonlar oʻzaro ham, TDT doirasida ham tovar ayirboshlashni oshirish boʻyicha ulkan maqsadlarni qoʻygan va bunga turkiy mamlakatlar oʻrtasidagi aloqani oshiruvchi transport loyihalarini ishlab chiqish yordam beradi.
Oʻzbekiston rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar aʼzo davlatlarning TDTga aʼzo boʻlmagan mamlakatlar bilan siyosiy va iqtisodiy hamkorligini yanada chuqurlashtirish nuqtai nazaridan oʻz vaqtida ilgari surildi, deb oʻylayman.
Ushbu format, bir tomondan, turli mintaqalar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlasa, ikkinchi tomondan, turkiy dunyo doirasida barqarorlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlaydi.