Kechani filial direktorining ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha o'rinbosari Xudoyqul Mulkomonov qisqacha kirish so'zi bilan ochib, barchani she'riyat bayrami bilan tabrikladi.

Shundan so'ng O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi etakchi mutaxassisi, shoir va publitsist Norto'ra ergashov shoir hayoti va ijodi haqida so'zladi. Qizg'in tus olgan mushoirada yosh ijodkorlar, "Surxon",  "Hilol" klublari a'zolari, jumladan, Temur Nazir, Samandar Jo'raev, Abdukarim Diyorovlar o'z she'rlari bilan qatnashdi.

Kecha she'riyat shaydolari, o'qituvchi va talabalar, yosh ijodkorlarda unutilmas taassurot qoldirdi. Obrazli qilib aytganda, Usmon Azim she'rlari yangraganda go'yo ko'ngillar osmonida chaqinlar chaqqandek bo'ldi: "Bu dunyoni sirga ko'mib yashash kerak..." Ha, she'riyatni, adabiyotni sevgan qalblar hayotning qadriga etadi. Beg'ubor orzular va ezgu maqsadlar ishtiyoqida Ustoz huzurida she'r o'qigan yigit -qizlarni kuzatib ular kelgusida yurtimizningi ishonchli tog'lariga aylanishiga ishondim.    

 Donoxol Jumaeva,

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Surxondaryo viloyati bo'limi bosh mutaxassisi