Bu galgi boks boʻyicha dunyo birinchiligida 9 nafar hamyurtimizda bronza medali naqd

    Sport 12 May 2023 1341

    Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatida Oʻzbekiston eng koʻp bokschi bilan yarim finalga yetib kelgan terma jamoaga aylandi.

    Qayd etish joiz, bu Oʻzbekiston termasi uchun bir jahon chempionatida qoʻlga kiritilgan medallar soni boʻyicha yangi rekord hisoblanadi.

    Quyida jamoalar nechta sportchi bilan chempionlik uchun kurashni davom ettirayotgani koʻrsatilgan:

    • Oʻzbekiston – 9
    • Kuba, Rossiya – 6
    • Qozogʻiston – 5
    • Fransiya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya – 3
    • Armaniston, Ozarbayjon, Braziliya, Moʻgʻuliston – 2
    • Xitoy, Italiya, Iordaniya, Qirgʻiziston, Meksika, Tojikiston – 1

    Yarim final yoʻllanmalar boʻyicha Osiyo yaqqol yetakchi. Hozirda qitʼamizdagi 8 mamlakatdan 23 nafar bokschi ishtirokini davom ettirmoqda.

    Shuningdek, Yevropaning 6 mamlakatidan 19 nafar, Amerika qitʼasining 3 yurtidan 10 nafar bokschi ham chempionlikni koʻzlamoqda. Biroq bu gal Afrika va Okeaniya mintaqalaridan hech bir bokschi medal qoʻlga kiritdi olmaydigan boʻldi.