Dushanba va seshanba kunlari Volga boʻyi hududlaridan kirib kelgan salqin havo oqimi harorat fonini +30...+33 darajagacha, janubda +35...+38 darajagacha pasaytiradi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududidan salqin havo chekinadi, ammo bu kunlarda kuchli issiq boʻlishi kutilmaydi. Respublikaning koʻpchilik hududlarida havo harorati kunduz kunlari +35...+38 daraja atrofida, janubda baʼzi joylarda +39...+41 darajagacha boʻladi.
1-5-iyul kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha asosan yogʻingarchiliksiz
ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, togʻ oldi va togʻli hududlarda 1-2-iyulda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
1-iyulda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.