“Bu tashabbusni amalga oshirish uchun hech qanday asos yoʻq”.

    Davlat soliq qoʻmitasi Alisher Qodirovning migrantlardan soliq undirish tashabbusiga javob berdi.

    Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi Alisher Qodirovning oʻzbekistonlik mehnat migrantlari uchun daromad soligʻini joriy etish haqidagi taklifi yuzasidan “Sputnik” nashriga izoh berdi.

    DSQ matbuot kotibi M.Nazarov: “bu tashabbusni amalga oshirish uchun hech qanday asos yoʻq. Migrantlar uchun daromad soligʻi Oʻzbekiston soliq qonunchiligida yozilmagan. Hozirda bunday taklif yoki niyat yoʻq”.