“14 iyun – Butunjahon donorlar kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining tashabbusi bilan “Xavfsiz qon hayotni saqlaydi”, “Sog‘lom dunyo uchun qon topshiraylik” shiori ostida qonga muhtoj bemorlarga ko‘mak berish maqsadida, bojxona xodimlari ko‘ngilli ravishda qon topshirdi.
Donor o‘z qonini berish orqali jamiyatdoshining hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin. Har kuni minglab insonlar donor qoniga muhtoj bo‘ladi. Qonni sun’iy tarzda ishlab chiqishning imkoni bo‘lmagani sababli, beg‘araz qon topshirish bemorlarga yordam berish orqali yaxshilik qilishning yagona manbaidir.
Ezgulikning yorqin namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar bemorlar dardiga shifo topish, ularni sog‘lom hayotga qaytarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qon donorligi ─ jamiyat salomatligi uchun berilishi mumkin bo‘lgan beg‘araz yordam. Bu yaxshilik, albatta, bir kuni qaytadi.
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi