Bunga qoʻshimcha ravishda viloyatlar hokimlariga joriy yilda xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlab, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar, Janubiy Koreya kabi davlatlardan investorlar olib kelib, mahalliy tadbirkorlarga sharoit yaratib, maktab qurilishiga 10 million dollardan mablagʻni jalb qilish boʻyicha topshiriq berildi.
Maktablar quvvatini oshirishning maqbul yoʻllaridan biri xususiy sheriklik ekani taʼkidlandi.
Shu bois maktablar va bogʻchalar uchun xususiy sheriklik loyihalarining eʼlonda turish muddati 45 kundan 30 kunga qisqartiriladi.
Mutasaddilarga joriy yilda maktab taʼlimida kamida 100 ta shunday loyihani boshlash topshirildi.









