Bu yil AQShga ikki baravar ko'p gilam eksport qilindi

    Mamlakatimizda 30 Oktabr 2020 676

    Bojxona qoʻmitasi xabar berishicha, Oʻzbekiston 18 million dollarlik gilamlarni eksport qildi.

    Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida 18,1 million AQSh dollari qiymatidagi 6 million m2 dan ortiq gilamlarni eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

    Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, gilam mahsulotlarining 26 foizi Ozarbayjonga, 25 foizi Qirgʻizistonga,16 foizi Qozogʻistonga, 13 foizi Rossiyaga va 13 foizi Afgʻonistonga eksport qilingan.

    Shuningdek, joriy yilda gilam eksporti AQShga 2 barobarga oshgan.