Bu boʻyicha Davlat test markazi maʼlum qildi.

    Ta'lim 25 Sentabr 2020 697

    Bu boʻyicha Davlat test markazi maʼlum qildi.

    Joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga 1 484 463 nafar (2019-yilda – 1 066 926 nafar) abituriyent oʻqish istagini bildirib, ariza topshirdi.

    Bunda 1 oʻringa tanlov 10,6 ta abituriyentni (2019-yilda – 10,3 edi) tashkil etdi.

    2020-yil 2-13-sentyabr kunlari oʻtkazilgan test sinovlari jarayonlarida 1 240 614 nafar abituriyent (95,1%) ishtirok etdi.

    Test sinovlarining tanlov natijalariga koʻra, respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga jami 140 068 nafar abituriyent talabalikka qabul qilindi (oʻtgan yildagi 102 350 nafarga nisbatan 37 718 taga koʻp).

    Shundan:

    davlat granti asosida – 28 173 nafar (jami topshirganlarning 20,1%) abituriyent (2019-yildagi 18 130 nafarga nisbatan 10 043 taga koʻp);

    toʻlov-kontrakt asosida – 111 895 nafar (jami topshirganlarning 79,9%) abituriyent (2019-yildagi 84 220 nafarga nisbatan 27 675 taga koʻp) talabalikka tavsiya etildi.

    Tanlov natijalariga koʻra:

    davlat granti asosida oʻrtacha oʻtish bali – 133,3 ballni;

    toʻlov-kontrakt asosida oʻrtacha oʻtish bali – 110,6 ballni tashkil etdi.

    Respublika oliy taʼlim muassasalariga davlat granti asosida minimal oʻtish bali – 68,0 ball, toʻlov-kontrakt asosida minimal oʻtish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

    Shuningdek, yoshlarning taʼlim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish imkoniyati yaratiladi (2019-yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

    Buning uchun ushbu toifadagi abituriyentlar, 2020-yil 26-sentyabrdan boshlab oliy taʼlim muassasalariga murojaat etishlari mumkin.

    Agarda test sinovlari natijalari abituriyentlarni qoniqtirmasa, Davlat test markazining apellatsiya komissiyasi oʻz faoliyatini 2020-yil 28-sentyabrdan boshlaydi.