Joriy yilda ham 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktiriladi. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda oʻz oʻrnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga oʻrgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam koʻrsatishga masʼul boʻladi.
Yoshlar agentligining tuman boʻlimlari yoshlar yetakchilari bilan birga oʻz harakat dasturini ishlab chiqadi.
Hokimlar esa yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini taʼminlash boʻyicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi.