Soʻzining avvalida davlatimiz rahbari fidokorona va mashaqqatli mehnati bilan noz-neʼmat yetishtirib, el dasturxoniga qut-baraka olib kirayotgan barcha dehqon, fermer, bogʻbon, chorvador, suvchi, agronom va mexanizatorlarga oʻzining chuqur hurmat-ehtiromini bildirdi.
“Sizlarning nafaqat qishloq xoʻjaligi, balki iqtisodiyotni yuksaltirish, aholi turmushini yaxshilash, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi beqiyos ishlaringiz har qancha tahsinga sazovor”, – dedi davlatimiz rahbari.
Bu yil iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yutuqlarga boy va barakali yil boʻlgani taʼkidlandi. Ayniqsa, xalqimizning 3,5 milliondan ziyod vakili mehnat qilayotgan qishloq xoʻjaligida katta marralarga erishildi.









