Kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.
Yangi farmonga koʻra, 1-martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha boʻlgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10-yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.
Toʻrt yil davomida ijara vaqtida toʻlansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.
Yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara toʻlamasligi belgilandi.
Buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitish zarurligi taʼkidlandi.