Bu yil may oyi qanday boʻlishi kutilmoqda?

    Gidrometeorologiya xizmati may oyi ob-havosini tahlil va bu yilgi kutilayotgan bashoratlar bu haqida maʼlumot berib oʻtdi.

    Bahor faslining soʻnggi oyi - may boshlanadi.

    Iqlim xususiyatlariga koʻra (koʻp yillik davr uchun oʻrtacha koʻrsatkichlar) may oyi odatda aprel oyiga nisbatan oʻrtacha 4-6 darajaga iliqroq boʻladi.

    Hududning katta qismida oʻrtacha kunduzgi harorat oyning birinchi yarmida 24-27 daraja, ikkinchi yarmida esa 28-31 darajani tashkil etadi.

    Shu yilning 1-2-may kunlari respublikaning barcha viloyatlarida, 3-mayda hududning katta qismida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, havo harorati kunduzi 26-29 daraja, baʼzi joylarda 30-32 darajagacha boʻladi.

    3-mayda respublikaning janubi-gʻarbida, 4-5-may kunlari koʻpchilik viloyatlarda, 6-mayda sharqiy hududlarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

    Yomgʻir paytida harorat 20-25 darajagacha pasayadi.

    May oyi birinchi oʻn kunligining oxirida, shuningdek, ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarda havo harorati 23-28 darajadan 30-35 darajagacha, baʼzi joylarda 38 darajagacha oʻzgarib turadi.

    Ushbu davrning ayrim kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomgʻirlar yogʻadi, baʼzi joylarda jala xususiyatli mahalliy yomgʻirlar yogʻadi. Hatto bitta shahar ichida ham may yomgʻiri bir joyda kuchli yogʻishi va boshqa joyda esa deyarli yogʻmasligi mumkin.

    Ayniqsa togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli jala yomgʻirlar yogʻishi juda xavflidir. Ular sel kabi dahshatli tabiiy hodisaning shakllanishiga olib kelishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari haqida oʻz vaqtida ogohlantirish masalasi Oʻzgidrometning asosiy vazifalaridan biridir. Bunday ogohlantirishlardan toʻgʻri foydalanish moddiy zararni kamaytirishga va inson qurbonlarini oldini olishga yordam beradi.

    Iqlim xususiyatlariga koʻra (koʻp yillik davr uchun oʻrtacha koʻrsatkichlar) may oyi odatda aprel oyiga nisbatan oʻrtacha 4-6 darajaga iliqroq boʻladi.

    Hududning katta qismida oʻrtacha kunduzgi harorat oyning birinchi yarmida 24-27 daraja, ikkinchi yarmida esa 28-31 darajani tashkil etadi.