“Odobnoma”, “Vatan Tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari”, “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, 1-11 sinflarda yagona “Tarbiya” fani joriy etildi.
5-sinf “Ona tili”, 4-5-sinf “Texnologiya” darsliklari uchun ilk bor oʻqituvchi kitobi va multimedia ilovalari tayyorlandi.
Koʻzi ojiz oʻquvchilar uchun chop etilayotgan brayl alifbosidagi darsliklarga boʻrtma shakldagi rasmlar va xaritalar kiritildi.
Ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi oʻquvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.