Bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga beriladi

    Paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Ularga berilgan imtiyozli kredit muddati 2025-yil 1-aprelgacha uzaytirilishi belgilandi.

    Oʻtgan yili paxta yetishtirish uchun olingan kreditni muddatida toʻliq qaytargan klasterlarga imtiyozli kreditning 8 foizi qaytariladi.

    Bu yil paxta xaridi uchun imtiyozli kredit klasterlarning ip-yigiruv korxonalariga beriladi.

    Klasterlar sotib olingan paxta tozalash zavodi qiymatining kamida 35 foizini toʻlasa, bu mulkni garovga qoʻyishga ruxsat beriladi.

    Mutasaddilarga chuqur tahlil qilib, iqtisodiy samarasiz, moliyaviy majburiyati yuqori boʻlgan klasterlar maqomini qayta koʻrib chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.