Mamlakatimizda himoya orderini berish amaliyoti 2020-yilda boshlandi.
2021-yilning 6 oyi davomida 20 387 nafar xotin- qizlarga himoya orderi berilgan bo'lib, olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 10 mingdan ortiq oila yarashtirildi, 7 841 oilalarda nizolar bartaraf etildi.
Ma'lumot uchun aytish joizki, himoya orderi — tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat hisoblanadi. Himoya orderini rasmiylashtirish vakolati profilaktika inspektoriga berilgan.
Aniqlangan yoki kelib tushgan barcha zo'ravonlik holatlar yuzasidan ma'lumotlar hududiy profilaktika inspektori tomonidan o'rganib chiqilib, 24 soat ichida himoya orderi berish choralari ko'riladi. Himoya orderi 30 kun muddatga berilib, shu muddat ichida havf bartaraf etilmasa, uni uzaytirish bo'yicha murojaatga asosan, yana 30 kun muddatga beriladi.
Himoya orderi berilishdan asosiy maqsad qaerda bo'lishidan qat'i nazar, xotin-qizlarga nisbatan sodir etilgan zo'ravonlik holatlariga barham berish va takroriy zo'ravonlik yoki tazyiq holatlarini oldini olishdan iboratdir.