Qishloq xo'jaligi vazirligi, Urug'chilikni rivojlantirish markazi va tegishli tashkilotlar mutaxassislari, soha olimlaridan iborat ishchi guruhlari tomonidan hududlarda, sifatli va kafolatlangan urug'lik paxta jamg'arish yuzasidan o'tkazilgan monitoringlar va aprobatsiya tadbirlari natijasida urug'lik paxta parvarishida xato va kamchiliklarga yo'l qo'yilgan 10,5 ming gektar maydonlar urug'chilikdan chiqarilgan.
Yaroqli deb topilgan 88,8 ming gektar maydonlardan 139,7 ming tonna urug'lik paxta jamg'arish rejalashtirilgan. Shu jumladan, 21 ta ertapishar navdan 107,5 ming tonna, 3 ta o'rtapishar navdan 19,4 ming tonna, 6 ta ingichka tolali navdan 5,3 ming tonna, shunigdek, istiqbolli va yangi navlardan 7,5 ming tonna urug'lik paxta hosili olinadi.
Kelgusi yil hosili uchun jamg'ariladigan urug'lik paxtadan 73,3 ming tonna urug'lik chigit qayta ishlanadi.