Bu yil renovatsiya asosida 20 ming xonadon quriladi

    Uy-joy qurishda asosiy eʼtiborni eskirgan uylar oʻrnida renovatsiya asosida zamonaviy koʻp qavatli uylarni koʻpaytirishga qaratish zarurligi taʼkidlandi.

    Renovatsiya hisobiga yerdan foydalanish samaradorligi 4-5 karra oshadi, kommunikatsiya xarajati 2 karra kamayadi.

    Asosiysi, bu orqali shu hududdagi odamlarning dunyoqarashi oʻzgaradi, turmush tarzi tubdan yaxshilanadi, savdo-servis, ish oʻrni koʻpayib, iqtisodiyot rivojlanadi.

    Bu borada Jizzax, Margʻilon, Qoʻqon, Shahrisabz, Qarshi shaharlari, Doʻstlik va poytaxt tumanlarida ishlar yaxshi boshlangani qayd etildi. Ularning tajribasini barcha hududda ommalashtirish kerakligi, avariya holatidagi eskirgan uylarda yashayotgan odamlar buni kutayotgani koʻrsatib oʻtildi.

    Renovatsiya asosida bu yil 20 ming xonadon qurilishini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.