Bu yil Sirdaryoda “Qovun sayli”da namoyish etilgan qovun turlari soni o'ntaga ortdi

    Sirdaryoda O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining ilk kunlaridan boshlab, har yili o'tkazib kelinayotgan “Qovun sayli” festivalining bu yilgisi avvalgilaridan tubdan farq qildi.

    Sirdaryoda yetishtirilgan qovunlarni nafaqat mahalliy aholi, xorijliklar ham suyib iste'mol qilishadi. Bugungi kunda ushbu tilimi tilni yoruvchi, bir-biridan shirin va mazali qovunlarga xaridor ko'p. Birgina, joriy yilning o'tgan yetti oyi davomida sirdaryolik bobodehqonlar, bahorning yog'ingarchilik kunlari, yozning chillasi demay etishtirgan qovunlardan 2 ming 550 tonnasini Rossiya, Latviya, Germaniya, Shvetsiya, Moldova, Qirg'iziston, Tojikiston va Qozog'iston, hatto Pokistonga ham eksport qildi. Bu esa, o'tgan yilgi ko'rsatgichdan 630 tonnaga ko'p.

    Quvonarli, tomoni o'tgan yili, yil so'ngiga qadar Yevropa mamlakatlari, Rossiya, qo'shni davlatlarga eksport qilingan qovun mahsulotlari hajmi 13,5 ming tonnadan ortgan bo'lsa, bu yil bu ko'rsatkich ikki baravarga ortadi.

    “Qovun sayli”da viloyat hokimi G'ofurjon Mirzayev, qolaversa, faxriy va nuroniylar qadoq qo'lli bobodehqonlarga o'z hurmatlarini izhor etib, bu boradagi ishlariga muvaffaqiyat tilashdi. Ular yetishtirgan va “Qovun sayli”ga keltirgan qovunlarning hidi dimoqqa urilib, uning asal ta'mi insonga huzur bag'ishlaydi.

    G'ulom Primov,

    jurnalist