Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi EPS-Topik test imtihoni qoidalarini buzmaslikka chaqirdi

    Shu kunlarda Koreya Respublikasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida EPS-Topik test imtihonlari boʻlib oʻtmoqda.

    Test imtihonlarini adolatli oʻtkazish uchun Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan hamkorlikda barcha texnik va tashkiliy choralar koʻrilgan.

    Xususan, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan test oʻtkazish uchun maxsus planshetlar keltirilgan boʻlib, ushbu planshetdagi test savollari ishtirokchi qiyofasi avtomatik tarzda aniqlangandan keyin ochilishi (Face ID) tizimi ham joriy etilgan.

    Shunga qaramay, bugungi kunga qadar boshqa fuqaro oʻrniga testga kirish va testda qoʻshimcha vositalardan foydalanishga urinish bilan bogʻliq 23 ta holat aniqlangan, deya xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

    Taʼkidlash joiz, Inson resurslarini rivojlantirish xizmati talablariga muvofiq, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻladi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkin.

    Shu munosabat bilan, Agentlik fuqarolarni imtihon jarayonida barcha tartib-qoidalarga rioya qilish chaqirdi.