Bu yil yoz faslining oʻrtasi qanday boʻladi?

    Iyul oyi harorat tartibi boʻyicha meʼyorga yaqin boʻlishi kutilmoqda.

    Oʻzgidromet prognoziga koʻra, iyul oyi qulay sharoitlardan boshlanadi, 1-3 iyul kunlari havo harorati +31...+36 daraja atrofida, janubda +38...+40 darajagacha boʻladi.

    Soʻngra iyul oyi harorat tartibi boʻyicha meʼyorga yaqin boʻlishi kutilmoqda. Oyning katta qismida havo harorati +35...+40 daraja atrofida, janubda va choʻl hududlarda +41...+43 darajagacha boʻladi. Faqat ayrim kunlarda harorat bu qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori boʻlishi mumkin.

    Oʻzbekiston hududining katta qismida oʻrtacha +40 daraja va undan yuqori haroratli iyul oyida juda issiq kunlar soni +2 kundan 5 kungachani, shimolda 6-8 kunni, janubda va choʻl hududlarda 12-15 kunni tashkil eadi. Soʻnggi yillarda bunday issiq kunlar sonining koʻpayishi tendensiyasi kuzatilmoqda.

    Respublika boʻyicha baʼzi joylarda, asosan togʻ oldi va togʻli hududlarda iyul oyining ayrim kunlarida mahalliy xususiyatga ega boʻlgan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi va momaqaldiroq boʻlishi ehtimoli bor.