Bu yildan boshlab, “Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkaziladi

    Eng yaxshi 100 ta gʻoya tanlab olinib, har bir startap uchun 1 milliard soʻmgacha investitsiya kiritiladi.

    Bugungi kunda Oʻzbekistonda 600 dan ziyod startaplar faoliyat yuritmoqda. Sakkiz yil ilgari ularning soni barmoq bilan sanarli edi.

    «Eʼtibor bering, yetti oyni oʻzida startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar xorijiy investitsiya keldi. Bu 2024-yil davomida kirgan sarmoyalardan 4 barobar koʻp. Shu bois startaplarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jonlantiramiz», — dedi Prezident.

    Yoshlarning 1 mingta startap gʻoyasi tijoratlashtiriladi va shundan 200 tasi xalqaro bozorga olib chiqiladi.

    Eng ilgʻor texnologiyalar olib kelinib, 100 ta mahalliy startap xalqaro miqyosda jozibador biznesga aylantiriladi. Bunga 100 million dollar beriladi.

    Bu yildan boshlab, “Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkaziladi. Eng yaxshi 100 ta gʻoya tanlab olinib, har bir startap uchun 1 milliard soʻmgacha investitsiya kiritiladi.

    Bu loyihalarni brendga aylantirish uchun moliyaviy va marketing xizmatlari boʻyicha ekspertlarning xarajatlari qoplab beriladi.

    «Gʻoliblarni 20-avgust – Tadbirkorlar kunida taqdirlasak, oʻylaymanki, yosh tadbirkorlarga bu ham katta motivatsiya boʻladi», — dedi davlat rahbari.