Joriy yilda biologik eskirgan navlar oʻrniga yangi yuqori hosilli iqlim sharoitlariga mos 9 ta (shundan 4 ta mahalliy) bugʻdoy navlari 93,5 ming gektarga maydonga sochilgan.
Hozirgacha ekin azotli mineral oʻgʻitlar bilan 3-marta toʻliq, shuningdek, 5-6-marta bargidan oziqlantirilgan.
Yaqinlashib kelayotgan oʻrim mavsumiga jami 293 dona gʻalla oʻrish kombaynlari jalb qilinib, ular 148 ta otryadlarga biriktirildi. Otryadlarga 1 210 dan ortiq avtomashinalar xizmat koʻrsatadi. Kuniga 17 ming tonna (bir kombaynga oʻrtacha 60 tonna) gʻalla oʻrib olish orqali oʻrimni 15 kunda tugallash choralari koʻriladi. Jami tayyorlanadigan rejalashtirilayotgan 674 ming tonna gʻalla quyidagicha taqsimlanadi.
270,3 ming tonnasi (40%) davlat zaxirasi uchun don korxonalariga topshiriladi. (53,1 ming tonnasi keyinchalik ochiq birja savdolarida sotish uchun saqlashga) va ularga har bir kilosiga 3 ming soʻmdan (saqlashga berilgandan tashqari) jamgʻarma hisobidan toʻlanadi. 108,3 ming tonnasi qilingan qoʻshimcha shartnomalarga asosan viloyatdagi baliqchilik, parranda va chorvachilik fermerlariga sotiladi. (Ular tomonidan hozirgacha 17,8 ming tonna oʻgʻit, 206 tonna yoqilgʻi va 9,1 mlrd. soʻm pul koʻrinishidagi yordam koʻrsatilgan). 50 ming tonnasi (7 %) qismi 12 ta gʻallachilik klasterlari tomonidan shartnomaviy kelishuvlarga asosan olinadi.
Shuningdek, fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qoladigan don miqdori 246,2 ming tonnani tashkil qilib, bu oʻtgan yilga nisbatan 85 ming tonna (149 %) ga koʻpligi hisoblab chiqildi.
Hisob-kitoblarga koʻra, viloyat aholisining yillik un mahsulotiga boʻlgan talabi 195,7 ming tonnani tashkil qilmoqda. Mazkur talabni toʻla qoplash maqsadida 12 ta don qabul qilish maskanlariga alohida vakillar biriktiriladi.
Har oyda talabdan kelib chiqib, viloyatda oʻrtacha 17 ming tonna un ishlab chiqariladi va aholiga yetkazib beriladi.
46 ta olis va togʻli hududlardagi 136,9 ming nafar (viloyat aholisining 4,6%) aholiga un mahsulotlarini yetkazib berishdagi transport xarajatlari viloyat mahalliy byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Narxlarni tizimli nazorat qilish maqsadida, har bir mahallada deputatlar, nuroniylar va faollardan iborat jamoatchilik komissiyalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Viloyatdagi un mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi 98 ta, qolipli non ishlab chiqaruvchi 253 ta va non yopuvchi 1083 ta tadbirkorlik subʻyektlariga soliq va prokuratura huzuridagi departament vakillari biriktirilib, narxlar nazoratga olinadi.
Toshkent viloyati hokimligi
Axborot xizmati