Bu yilning noyabr oyi qanday boʻladi?

    Yashil sayyora 1 Noyabr 2022 2442

    Noyabr oyining oʻrtacha harorati odatda oktabrga nisbatan 5-7 darajaga past boʻladi. Yogʻingarchilik tez-tez, uzoq davom etadi va jadal boʻladi. Noyabrda yomgʻirni qorga aylanish holatlari odatiy holdir.

    Foto: Nozim Abdulla

    Togʻli hududlarda baʼzi joylarda birinchi qor qoplami hosil boʻlmoqda, odatda bu qoplam beqaror boʻladi.

    Ayrim yillarda noyabr oyining eng iliq kunlarida havo harorati 22-27 darajagacha koʻtariladi. Biroq, koʻpincha oyning birinchi yarmida kunduzgi harorat 13-18 daraja, ikkinchi yarmida esa 8-13 daraja atrofida boʻladi.

    Oʻtgan asrning oʻrtalarigacha boʻlgan eng sovuq noyabr oylarida havo harorati baʼzan 13-18 daraja sovuqgacha va undan ham pastroqqa, shimolda esa 22-27 daraja sovuqgacha pasaygan. Soʻnggi 50 yil ichida bizning hududimiz boʻyicha noyabr oyida bunday sovuqlar kuzatilmagan.

    Kamdan kam kechalarda harorat 5-7 darajagacha, shimolda 14-16 darajagacha pasayadi. Faqat 2016 va 2020-yillardagi noyabr oylarining soʻnggi oʻn kunligida 9-12 daraja sovuqga, shimolda 20-23 daraja sovuqga yetdi.

    Oʻzgidrometning dastlabki baholishiga koʻra, hozirda iqlim maʼlumotlari va jahon prognoz markazlarining prognostik maʼlumotlaridan foydalangan holda, ushbu yilning noyabr oyi odatdagidan biroz quruqroq va sovuqroq boʻladi

    2-noyabrdan respublika boʻyicha havo sovuqlashadi, hududlarning katta qismida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

    Keyinchalik Oʻzbekistonda noyabr oyining birinchi haftasi davomida beqaror ob-havo kutilmoqda, 12-15 darada iliq atrofida boʻlgan nisbatan salqin harorat fonida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Birinchi oʻn kunlikning oxiriga kelib, bizni nisbatan sezilarli sovuq tushishi kutmoqda.

    Keyinchalik iliq va sovuq toʻlqinlar bir-biri bilan oʻrin almashadi va harorat kechalari 5-8 daraja iliqdan 2-5 daraja iliqgacha, kunduz kunlari 15-18 daradja iliqdan 5-8 daraja iliqgacha oʻzgarib turadi. Yogʻingarchilik asosan yomgʻir koʻrinishida yogʻadi, sovuq davrlarda qorga aylanadi.