Budapesht shahrida navbatdagi TDT sammiti boʻlib oʻtadi

    Shu yilning 13-may Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Suhbat chogʻida tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni samarali amalga oshirish hamda mintaqaviy barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi qoʻshma loyihalar muhokama qilindi.

    Tomonlar, shuningdek, TDT doirasidagi hamkorlikning istiqboldagi ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va Budapesht shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi TDT sammitiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan fikr almashdilar.