Budapeshtda suv toshqini yuz berdi

    Dunay qirg'oqlaridan toshib chiqdi, Budapeshtni suv bosdi. Suv toshqiniga o'tgan hafta Vengriyada yoqqan kuchli yomg'ir sabab bo'lgan.

    Suv piyodalar yo'lagidan 6,8 metr balandlikkacha ko'tarilgan. Sinoptiklar vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

    Rasmiylar suv toshqini xavfining ikkinchi darajasini e'lon qildi va qirg'oqdagi to'xtash joylaridan avtomobillar boshqa joylarga olib o'tildi, deb xabar beradi mir24.tv.