Bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston bugʻdoy unini eng koʻp import qilgan davlatlar:
➖ Qozogʻiston – 91,2 ming tonna
➖ Rossiya – 1,3 ming tonna
➖ AQSH – 50 tonna
➖ Italiya – 12,4 tonna
➖ Fransiya – 1,8 tonna
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-mart oylarida Qozogʻistondan qiymati 201,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan bugʻdoy import qilgan.