Bugun – 22-iyul kuni oliy taʼlim muassasalariga onlayn hujjat topshirishning soʻnggi kuni

    Ta'lim 22 Iyul 2021 7599

    2021-yil 22-iyul oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni boʻlib, bugun soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlanadi.

    Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz sayti va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtishi, oʻz maʼlumotlarini oʻzgartirishi va test sinovi uchun toʻlovni amalga oshirishi (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

    Davlat test markazi matbuot xizmati maʼlumotiga koʻra, (2021-yil 21-iyul 18:00 holatiga) jami roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni 924 788 nafar.
    Taʼlim shakllari boʻyicha:

    Kunduzgi taʼlim shakli – 472 978 nafar;

    Sirtqi taʼlim shakli – 420 020 nafar;

    Kechki taʼlim shakli – 31 790 nafar.

    Tillar kesimida:

    Oʻzbek tili – 784 619 nafar;
    Rus tili – 106 979 nafar;
    Qoraqalpoq tili – 30 332 nafar;
    Boshqa tillar – 2 858 nafar.

    Abituriyentlar tomonidan eng koʻp tanlanayotgan OTMlar:

    Oʻzbekiston milliy universiteti – 31 979 nafar;
    Jizzax davlat pedagogika instituti – 29 543 nafar;
    Urganch davlat universiteti – 29 476 nafar;
    Toshkent davlat pedagogika universiteti – 29 132 nafar;
    Namangan davlat universiteti – 28 434 nafar.