Unga muvofiq Navoiy viloyati avvalgi chegaralarida qaytadan tiklanib, uning tarkibiga Buxoro viloyatining Navoiy, Zarafshon va Uchquduq shaharlari, Konimex, Qiziltepa, Navbahor, Navoiy, Tomdi, Uchquduq tumanlari, Samarqand viloyatining Nurota va Xatirchi tumanlarini kiritildi.
Navoiy shahri viloyatning maʼmuriy markazi etib belgilandi.
▪️ Maʼlumot oʻrnida, Navoiy viloyati 1982-yil 20-aprelda Buxoro va qisman Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan. 1988-yilda maʼmuriy birlik sifatida tugatilgan. 1992-yil boshida qayta tiklandi.