2025-yilning 1-mayidan eʼtiboran respublika hududidagi 189 ta tuman, shaharning 193 ta mahallasida saylovlar boshlandi.
Bugun 193 ta mahallada fuqarolar yigʻini raislari saylovi boʻlib oʻtishi bedgilangan. Unga koʻra, mazkur saylovda ishtirok etadigan vakillar 55 841 nafarni tashkil etdi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida”gi qonuniga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq mahalla fuqarolar yigʻini raislarining vakolat muddati 5-yilga uzaytirildi.
Endilikda ilk bor saylovlar yangicha demokratik tamoyillar asosida, ochiqlik va oshkoralikda, fuqarolarimizning xohish va irodasini erkin ifoda etish prinsiplariga xos tarzda oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.