Shu munosabat bilan bugun, 12-iyun kuni soat 18.00 dan 22.00gacha Mehrigiyo koʻchasining Jahonaro koʻchasi kesishmasidan Mirzo Tursunzoda koʻchasi kesishmasigacha boʻlgan boʻlgan qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi, deya xabar bermoqda Sergeli tuman hokimligi.

Vujudga kelishi mumkin boʻlgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yoʻllardan foydalanish tafsiya etilmoqda.