Bugun 2, ertaga esa 6 nafar bokschimiz yoshlar oʻrtasidagi JCH finalida jang qiladi

    Ispaniyada boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati oʻz nihoyasiga yetib bormoqda.

    Bugun musobaqada dastlabki finallar oʻtkaziladi. Unda 2 nafar bokschimiz ringga koʻtariladi. Yana 6 nafar hamyurtimiz esa ertaga oʻtkaziladigan finallarda oltin medal uchun jang oʻtkazadi.

    25-noyabr:

    -48 kg: Gulsevar Gʻaniyeva - Bavna Sharma (Hindiston) (22:00),

    -57 kg: Baxtiyor Asadov - Ezekyel Kabrera (Meksika) (23:40 dan soʻng).

    26-noyabr:

    -67 kg: Javohir Ummataliyev - Nurbek Mursal (Qozogʻiston) (22:15 dan soʻng)

    -71 kg: Fazliddin Erkinboyev - Levante Gemes (Vengriya) (22:45 dan soʻng)

    -70 kg: Aziza Zokirova - Veronika Nakota (Ukraina) (23:00 dan soʻng)

    -75 kg: Toʻrabek Xabibullayev - Daulet Tulemissov (Qozogʻiston) (23:15 dan soʻng)

    -80 kg: Rahmatillo Boymatov - Mikita Zasenok (Ukraina) (23:30 dan soʻng)

    -81 kg: Oltinoy Sotimboyeva - Amber Moss (Angliya) (00:10 dan soʻng).