Qayd etilishicha, ushbu musobaqaning ilk kunida Oʻzbekiston ayollar terma jamoasining 2 nafar aʼzosi ringga koʻtarildi. Ulardan Sabina Boboqulova gʻalaba qozonib, keyingi bosqichga yoʻl oldi.
-51 kg: Sabina Boboqulova — Kelsey Oakley (Angliya) 4:1
-60 kg: Sitora Turdibekova — Gizem Ozer (Turkiya) 1:4
Bugun 3 nafar hamyurtimiz kun davomida saralash jangini oʻtkazadi. Juftliklar bilan tanishing:
-54 kg: Feruza Kazakova — Anel Sakish (Qozogʻiston)
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova — Shi-Yi Vu (Xitoy Taypeyi)
-75 kg: Aziza Zokirova — Oliviya Toborek (Polsha)









