Bugun musobaqada yarim final janglari oʻtkaziladi. Unda 6 nafar bokschimiz ringga koʻtariladi. Jumladan, -51 kilogramm vazn toifasida Ziyovuddin Alijonov qozogʻistonlik raqibi Damir Abdikadir bilan, -54 kilogramm vaznda Oybek Joʻrayev ukrainalik Pavlo Kovalenko bilan, -57 kilogramm vaznda Samandar Xolmurodov qozogʻistonlik Serik Temirjanov bilan, -80 kilogramm vaznda Toʻrabek Xabibullayev shotlandiyalik Xiki Samuel bilan, ushbu vazndagi yana bir bokschimiz Rahmatillo Boymatov esa Ukraina vakili Oleksandr Xijnyak bilan hamda -63,5 kilogramm vaznda Aydos Tagaybayev avstraliyalik raqibi Fred Zziva bilan kuch sinashadi. Janglar Toshkent vaqti bilan 17:25 dan boshlab, oxirgisi 19:00 da boshlanishi reja qilingan.

Eslatib oʻtamiz, kecha ushbu turnirda 8 nafar bokschimiz ringga koʻtarilgan edi. Eʼtiborli jihati, sportchilarimizning 6 nafari gʻalabaga erishdi. 2 nafari esa afsuski, imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Natijalar bilan tanishing:

-51 kg: Ziyovuddin Alijonov - Kristofer Goman (Germaniya) - gʻalaba,

-71 kg: Kamron Turgʻunboyev - Deniyel Krotter (Germaniya) - magʻlubiyat,

-57 kg: Samandar Xolmurodov - Roland Veres (Vengriya) - gʻalaba,

-63,5 kg: Aydos Tagaybayev - Manurbek Seitbek Uulu (Qirgʻiziston) - gʻalaba,

-48 kg: Doniyor Bekmurodov - Temirtas Jusupov (Qozogʻiston) - magʻlubiyat,

-54 kg: Oybek Joʻrayev - Mirazi Hafiz (Shvetsiya) - gʻalaba,

-80 kg: Toʻrabek Xabibullayev - Kevin-Boaken Shumann (Germaniya) - gʻalaba,

-80 kg: Rahmatillo Boymatov - Silvio Shiyerle (Germaniya) - gʻalaba.