Kun davomida ikki nafar bokschimiz ringga koʻtariladi. Xususan, - 57 kilogramm vazn toifasida Abdumalik Xalakov qirgʻizistonlik Sanjay Seydekmatovga qarshi ringga koʻtarilsa, - 71 kilogramm vazndagi bokschimiz Javlonbek Yoʻldoshev mezbonlar vakili Ali Sad Tohirga qarshi jang qiladi.

Eslatib oʻtamiz, bahslar kechki payt, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan soʻng boshlanadi.