Maʼlum qilinishicha, kunduz kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlari, shuningdek, togʻli hududlarning ayrim joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-toʻzon bilan birga kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, Toshkent shahrida ham bugun shamol tezligi meʼyordan yuqori boʻlishi va chang-toʻzon kuzatilishi ehtimoli bor.

Avvalroq Oʻzgidromet 4 sentyabr kuni mamlakatning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.